Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi
Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi mamlakatimizda kutubxona tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida tashkil etilgan. Markazning asosiy maqsadi aholining axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yosh avlodni maʼnaviy jihatdan tarbiyalashdan iborat.
Tumanda birinchi kutubxona 1932 yilda tashkil topgan. Kutubxona mudiri Yusuf Saidov boʻlgan. Oʻ sha davrda kitoblar soni 300 ta, kitobxonlar soni esa 80-90 tani tashkil etardi. Tumanimiz aholisiga oʻzining kitobxonlar bilan olib borayotgan ishlari yuzasidan namuna boʻlib kelayotgan kutubxonachilar anchagina. Joʻraboy Fayzullayev, Shamsiya Xakimova, Mavluda Atoyeva, Mavluda Olimova, Zubayda Hayitova, Dilfuza Xalilova, Nigora Toʻlayeva, Nozima Hayotovalar shular jumlasidandir .
Romitan tumanida keyinchlaik 41 ta kutubxona kutubxona tashkil etildi. Bundan 1 tasi Tuman markaziy kutubxonasi, 3 ta bolalar kutubxonasi, qolgan 37 tasi shoʻba kutubxonalaridir. Bu davrda kutubxona fondlari ancha boyitilib, kitobxonlar soni ham keskin ravishda oʻsib borgan.
2006-yildan boshlab tumanda 7 ta axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud boʻlib, ularda 233 ming dona kitob saqlangan. Kutubxona fondidan foydalanuvchi kitobxonlar soni 27594 tani tashkil etgan. Shuningdek, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga qarashli 5 ta axborot-resurs markazi boʻlib, ularda 23468 dona ilmiy hamda badiiy asarlar saqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi 4354-sonli qaroriga asosan Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi 2019-yil 2-dekabrda tashkil etildi. Hozirgi kunda Axborot-kutubxona markazining umumiy fondi 121900 nusxani tashkil etib, shundan: kitob 119785 nusxa, jurnal 268 nusxa, gazeta 68 komplekt, elektron resurslar 262 ta disk shaklida (1517 ta fayl) dan iborat. Axborot- kutubxona markazida 20 oʻrinli oʻquv zali mavjud. 13 ta kompyuter, 2 ta noutbook foydalanuvchilar uchun doimiy ravishda ishlamoqda. Internet tarmogʻiga ulangan.
