June 18, 2026
#Yoshlar_kuni

Joriy yilning 24-fevral kuni Davlat Rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ilgari surilgan tashabbuslar hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida har payshanba kuni davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan “Yoshlar kuni” o‘tkazilib, tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi, “Mustaqillikning 35 yilligi – “Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida yoshlarda shukronalik va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal qilish maqsadida, yoshlar tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaaga qiziqishini oshirish bo‘yicha volontyorlik harakatini keng targ‘ib qilish maqsadida Axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislar tomonidan “Ibn Sino” MFY “Yangi hayot” ko‘chasida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ kitobxon Salimovlar xonadoniga tashrif buyurib, ushbu xonadon sohiblari talab va istaklari bo‘yicha kitoblar yetkazib berildi.

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislari tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishda keksalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirilib, kitoblarning taqdimoti o‘tkazildi.


Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi
