
⌛⌛⌛2026-yil 9-sentyabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan yosh avloddni
kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitob tarbiya va bilimning eng ishonchli manbai ekanligi hamda kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida Romitan tuman “Ibn Sino” MFYda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona kitoblari yangi olingan adabiyotlar bilan almashtirildi.
🎆🎆🎆 Kutubxona tomonidan badiiy hamda ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi.Taqdim etilgan kitoblar mahalla aholisi va yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi



