Ustozlar kuni muborak bo‘lsin!
Ustoz — qalblarga ilm urug‘ini qadab, undan ezgulik va ma’rifat nihollarini undiradigan buyuk insondir.
Bugun biz — Romitan tumani “Kelajak” markazi Kitobxonlik bo‘limi mas’ullari, umumta’lim maktablari kutubxona xodimlari shuningdek Tuman Axborot-Kutubxona markazi jamoasi birgalikda siz aziz ustoz va murabbiylarni muborakbod etamiz.
Zero, kitob va ustoz — insonni ma’rifat sari yetaklaydigan ikki buyuk hamrohdir.
