
🌹🌹🌹2026-yil 16-oktyabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Guliston” MFY, “Guliston” ko‘chasida istiqomat qiluvchi faol kitobxon ona, mehribon ustoz Shomurodova Umida bilan o‘zi sevib mutolaa qilgan hamda bolalar qiziqib o‘qiydigan asarlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
💐💐💐 Ona oilaning fayzi, farzandlar tarbiyasining asosiy ustuni hisoblanadi. Kitobxon ona nafaqat o‘zi bilim oladi, balki farzandlarini ham kitobsevarlikka, ilm olishga va yaxshi fazilatlarga chorlaydi. “ Kitobxon onalar kuni” tadbirining asosiy maqsadi – onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rnini yanada mustahkamlashdan iborat.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi



