
⌛⌛⌛ 2026-yil 15-may kuni Romitan tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Bobur” MFY, “Bobur” ko‘chasida istiqomat qiluvchi faol kitobxon ona — Hamroyeva Gavhar hamda unung oila a`zolari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda kitob taqdimoti tashkil etildi.

📗📗📗 Hamroyeva Gavhar kabi kitobxon onalar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otib, ularni ilmli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli inson bo‘lib ulg‘ayishiga katta hissa qo‘shmoqda. Kitob mutolaasi bilan yashaydigan oilada mehr-oqibat, ahillik va tafakkur muhiti hukm suradi.

📘📘📘 Kutubxonamiz tomonidan “Kitobxon onalar” harakati doirasida olib borilayotgan bunday tadbirlar onalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, kitob — qalblarni nurga to‘ldiradigan, insonni ezgulikka yetaklaydigan bebaho ma’naviyat manbaidir.

📚📚📚 Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi
