🇺🇿🇺🇿🇺🇿Joriy yilning 11- iyun kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
⌛⌛⌛ Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Romitan tuman bosh mutaxassisi S.Usmonov, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va faol kitobxonlar ishtirok etdi.
📌📌📌 Uchrashuv davomida davlat tinchligi va osoyishtaligini asrash, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, radikallashuv hamda mutaassiblikning oldini olish masalalari keng muhokama qilindi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Romitan tuman bosh mutaxassisi S.Usmonov tomonidan ushbu illatlarning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri, yoshlar ongini turli zararli g‘oyalardan himoya qilishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
⚡⚡⚡ Tadbir qatnashchilariga ushbu mavzuga oid tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi





