
Aziz va navqiron yoshlar!
Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizning bugungi taraqqiyoti va ertangi porloq kelajagi sizlarning bilimga chanqoqligingiz, intiluvchanligingiz, tashabbuskorligingiz hamda yuksak maqsadlaringiz bilan chambarchas bog‘liq. Kitob mutolaasi, ilm-fan va ma’naviyat yo‘lida qilayotgan har bir qadamingiz kelajagimizning mustahkam poydevoridir.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar va ezgu orzularingiz ro‘yobini tilaymiz. Doimo bilim olishdan to‘xtamang, yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yeting!
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi
