#Mustaqillikning_35_yilligi
#Shukronalik
#Omon_Muxtor_shoir_va_dramaturg
#Mutolaa_qilib_sizga_ham_tavsiya_qilamiz
📗📗📗2026-yil 16-iyul kuni “Mutolaa qilib, sizga ham tavsiya qilamiz” loyihasi asosida “Ilk rivojlanish markazi” direktori Bozorova Gavhar Baxtiyorovna tomonidan yozuvchi, shoir, drammaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Omon Muxtor (Omon Sulaymonovich Muxtorov, 1941–2013) tavalludining 85 yilligiga bag ‘ishlab “Omon Muxtor- shoir va dramaturg” mavzusida kitob mutolaasi targ‘iboti o‘tkazildi.
📘📘📘 Boshqaruvda faoliyat olib borayotgan G. Bozorova yurtimiz shoiri asarlari, she‘riy to‘plamlari, roman va hikoyalari asosida fikr-mulohazalarini bildirib, Omon Muxtor asarlarida inson ruhiyati, hayot mazmuni, tarix, milliy qadriyatlar va ma’naviyat masalalari chuqur o ‘rin olganligini ta’kidlab o‘tdi.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi




