📚📚 📚 Kitob tavsiyasi
“Baxt kaliti haqida rivoyat” insonning haqiqiy baxtni qayerdan topishi haqida hikoya qiladi.
Rivoyatda bir savdogar o‘z o‘g‘lini dunyodagi eng buyuk donishmand huzuriga yuboradi.
Yigitning vazifasi — baxtning sirini, ya’ni insonni chinakam baxtli qiladigan narsani bilib kelish.
Uzoq yo‘l bosib, donishmandning huzuriga yetib kelgan yigit kutilmagan saboqqa duch keladi.
Asar inson baxtni uzoqdan, katta boylik yoki g‘ayrioddiy mo‘jizalardan emas, balki o‘z hayotidagi oddiy narsalarni qadrlash, mas’uliyat, mehr va to‘g‘ri tanlovlardan topishini anglatadi.
Asarning asosiy g‘oyasi
Kitob o‘quvchini:
hayotdagi ne’matlarni qadrlashga;
o‘z orzulari sari intilishga;
mas’uliyatli bo‘lishga;
baxtni tashqaridan emas, o‘z qalbidan izlashga;
hayotning kichik quvonchlarini ko‘ra bilishga chorlaydi.
Romitan tumani Axborot-kutubxona markazi

