🌈Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Romitan tuman 2-umumta’lim maktabda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillik bayrami” va “Bilimlar kuni” tadbir o‘tkazildi.
🇺🇿2026–2027 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktabda an’anaviy “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda tashkil etildi. Tadbirda maktab ma’muriyati, o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilarining ishtirokida tadbir yanada fayzli va ta’sirchan boʼlib o’tdi.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi




