Shukrullo – hassos ijodkor va jamoat arbobi !
Shukrullo – hassos ijodkor va jamoat arbobi !

Shukrullo – hassos ijodkor va jamoat arbobi !

#Shukrullo_Oʼzbekiston_xalq_shoiri

🎆2026-yil 3-sentyabr  kuni Romitan tuman 2-umumta’lim maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo (Shukrullo Yusupov, 1921–2020) tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “Shukrullo – hassos ijodkor va jamoat arbobi” mavzusida davra suhbati va kitob taqdimoti o‘tkazildi.       

📗 Shukrullo — o‘zbek adabiyotining taniqli vakili, shoir, nosir va dramaturg, 1981-yilda unga “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni berilgan.

📘Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari  shoirning asarlarida  insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, sadoqat, adolat va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar mavzulari bilan ajralib turishini taʼkidlagan holda shoir insonning yaxshi fazilatlarini ulug‘lab, loqaydlik, hasad, g‘arazgo‘ylik kabi illatlarni qoralaganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *