
#INFOLIB_ÖZBEKISTON_2026
⌛⌛⌛2026-yil 17-noyabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB-ÖZBEKISTON 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida yoşlarning bilim va tafakkurini rivojlantiriş, mustaqil fikrlaş, öz nuqtayi nazarini erkin bayon etiş hamda bahs-munozara madaniyatini şakllantiriş maqsadida 42-son Bolalar va ösmirlar sport maktabi öquvçilari iştirokida “Internetmi -kitobmi” mavzusida munozara keçasi bölib ötdi.

📌📌📌 Tadbir davomida öquvçilar turli mavzularda öz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Kitobxonlik, zamonaviy yoşlar hayoti, bilim oliş, sport va ma’naviyat kabi mavzular yuzasidan qizğin fikr almaşildi.
⚡⚡⚡Iştirokçilar öz qaraşlarini dalillar asosida ifodalaşga, bir-birlarining fikrlarini hurmat bilan tinglaşga va bahs jarayonida madaniyatli munosabatda bölişga harakat qildilar.
🪴🪴🪴Munozara keçasi öquvçilarning dunyoqaraşini kengaytiriş, nutq madaniyatini oşiriş, jamoada işlaş va mustaqil qaror qabul qiliş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qildi.
🌹🌹🌹Tadbir kötarinki ruhda, qiziqarli savol-javob va fikr almaşuvlar bilan yakunlandi.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi





