
2026-yil 20-oktyabr kuni Romitan tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida “O‘zbek tili bayrami kuni” ga bag‘ishlangan «Ona tilim – qalbim quyoshi» mavzusida tadbir o‘tkazildi. ⌛⌛⌛Tadbirda Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Romitan tumani bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi, tuman maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.
⚡⚡⚡ Tumanda “Til-millat ko‘zgusi” nomli shior ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda g‘olib bo‘lgan rahbar, o‘qituvchi va o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌📌📌Ona tilimizni e’zozlash va uning nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kurubxona markazi







