
📌📌📌2026-yil 22-oktyabr kuni Romitan tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh istedodlarini kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab -quvvatlash hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovi o‘tkazildi.
⚡️⚡️⚡️ Tanlovda 30 yoshga to‘lmagan, 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar nazm va nasr yo‘nalishida bellashdilar.
🌹🌹🌹 Tanlov insoniy fazilatlarni ulug‘lash, shukronalik, ma’naviy yetuklik, halollik, insonparvarlik, hamjihatlik, mahalla-kuy munosabatlari va azaliy qadriyatlarni tarannum etuvchi asarlar yuzasida olib borildi.
🪴🪴🪴Tanlovning tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 nafar yosh ijodkorlar va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakili taqdirlandi.
📚📚📚Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi





